Hisobotni oʻqish
Hisobot ustunlari, moslik belgilari, qarorlar va eksport.
Shu maqolada
Katalog yuklangach, ilova har bir qatorni tasniflagich bilan solishtiradi. Natija katalog sahifasida jadval koʻrinishida chiqadi.
Jadval ustunlari
- Tovar — fayldagi nom va qator raqami.
- Hozirgi kod — faylda turgan kod va tasniflagichdagi nomi.
- Taklif etilgan kod — ilova tavsiya qilgan kod.
- Moslik belgisi — taklif tovar nomi va tasniflagich bilan qanchalik mos kelgani: Yuqori moslik, Oʻrtacha moslik yoki Past moslik (pastida taklifni ayniqsa diqqat bilan tekshiring).
- Qaror — tasdiqlangan, rad etilgan yoki hali koʻrib chiqilmagan.
Kod nom boʻyicha emas, aniq manbadan topilgan boʻlsa, belgi manbani aytadi: Shtrix-kod boʻyicha (qatordagi shtrix-kod tasniflagichda aynan shu kodga biriktirilgan) yoki Firma lugʻatidan (firmangiz bu tovarni avval shu kodga tasdiqlagan).
Moslik bahosi nomzodlarni tartiblaydi, lekin u kod toʻgʻri boʻlish ehtimolligi emas. Har qanday taklif, jumladan Yuqori moslik, faqat siz tasdiqlaganingizdan keyin kuchga kiradi.
Qarorlar
Takliflar faqat siz tasdiqlaganingizda oʻz kuchiga kiradi. Qatorni Tasdiqlash yoki Rad etish tugmasi bilan hal qilasiz; ketma-ket ishlash uchun klaviatura tugmalari bor: j/k — yurish, Enter — tasdiqlash, r — rad etish, o — batafsil, u — bekor qilish. Bir nechta qatorni belgilab, birdaniga tasdiqlash ham mumkin.
Har bir qaror harakatlar jurnaliga yoziladi, jurnal yozuvlari oʻchirilmaydi.
Qatorni batafsil koʻrish
Qatorni bosganingizda oʻng tomonda panel ochiladi: hozirgi va taklif etilgan kod bloklar boʻyicha, "Nega bu kod?" tushuntirishi (shtrix-kod, nom, oʻlchov birligi, lugʻat), muqobil kodlar, izohlar va kod qidirish.
Taklif notoʻgʻri boʻlsa, Taklif notoʻgʻri tugmasi bilan sababini yozing: bu aniqlik koʻrsatkichlarida hisobga olinadi.
Eksport
Tayyor katalogni asl fayl shaklida, 1C uchun yoki PDF hisobot sifatida yuklab olish mumkin. Mijozga faqat oʻqish uchun havola ham yuborish mumkin; unda ichki izohlar koʻrinmaydi.